O‘zbekiston delegatsiyasi Turkiy kengash TIVK majlisida ishtirok etdi
2020-yilning 6-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Boku shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) Tashqi ishlar vazirlari kengashining (TIVK) navbatdan tashqari majlisida ishtirok etdi.
Tadbirda Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya, O‘zbekiston hamda Turkmaniston va Vengriya tashqi siyosat idoralari rahbarlari ishtirok etdilar.
Majlis chog‘ida turkiy tilli davlatlar hamkorligining savdo va investitsiya, transport va tranzit, energetika va yangi texnologiyalar, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, turizm, madaniyat va ta’lim kabi asosiy ustuvor yo‘nalishlari belgilan olindi.
Majlisdagi chiqishlarda dunyoda Turkiy kengashga qiziqishning ortganligi, Kotibiyat nomiga ayrim davlatlardan kuzatuvchi maqomini berish to‘g‘risidagi murojaatlar kelib tushayotganligi bundan guvohlik berishi qayd etildi.
“Bizning tashkilot umumiy tarixiy ildizlar va umumiy tamaddun asosida davlatlar hamkorligining keng va ochiq maydoniga aylanmoqda”, – dedi TIVKda nutq so‘zlay turib O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari. Shu munosabat bilan kuzatuvchi maqomi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va Kotibiyatning Turkiy kengashda sheriklik institutini tashkil etish to‘g‘risidagi masalani o‘rganib chiqish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.
O‘zbekiston tomoni 2019-yil 30-noyabrda O‘sh shahrida bo‘lib o‘tgan Turksoy Doimiy kengashining 37-yig‘ilishida Xiva shahrini joriy yilda “Turkiy dunyo Madaniy poytaxti” deb e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligini iliq qarshi oldi.
Vazir majlis ishtirokchilariga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasining asosiy mazmuni, unda mamlakat rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari belgilab berilganligi, 2020-yil “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilinganligi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.