TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti
2020-yilning 7-mart kuni mamlakatimizning Tehron shahridagi Elchixonasi COVID-19 koronavirusi tarqalishini oldini olish maqsadida Turkmaniston va Eron o‘rtasidagi chegara yopilishi sababli 700 ga yaqin haydovchi, jumladan 11 nafar O‘zbekiston fuqarolari “Lutfobod” va “Saraxs” chegara nazorat-o‘tkazish punktlarida qolib ketgani to‘g‘risida internetda tarqalgan ma’lumotni tasdiqladi.
Elchixonaning konsullik bo‘limi 23-fevraldan buyon mazkur vatandoshlar bilan doimiy aloqada bo‘lib kelmoqda. Ular transport vositalarini bojxona postlarida qoldirib vatanga qaytishni rad etishdi
O‘zbekistonning Tehron va Ashxabod shaharlaridagi elchixonalari vaziyatni nazoratga olgan hamda ushbu masalani hal qilish uchun Eron va Turkmanistonning tegishli organlari bilan doimiy muloqot olib bormoqda.