Xorijdagi vatandoshlar orasida "Eng, eng, eng" tanlovi e’lon qilinmoqda!
Qadimiy Samarqand va Buxoro shaharlari bo‘ylab bepul sayohat qilishni istaysizmi? Unda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining qiziqarli tanlovida ishtirok eting.
Tanlov shartlari oddiy:
1. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Telegram (@uzbektourismofficial, @uzbekistan_travel), Instagram (@uzb.travel), Facebook (@uzbekistan.tourism) ва YouTube (@uzbekistan.travel) ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling.
2. uzbekistan.travel va/yoki online-tourism.uz portalida joylashtrilgan istalgan foto va video materiallarni ijtimoiy tarmoqlardagi (Facebook, Instagram, YouTube) sahifalaringizga #uzbekistantravel heshtegi bilan joylashtiring hamda Qo‘mitaning ushbu tarmoqdagi kanalini va 3 ta do‘stingizni belgilang.
Tanlov davomida ishtirokchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari ochiq holatda bo‘lishi shart.
Tanlov g‘oliblari joylangan video yoki fotosuratga qarab, quyidagi mezonlar orqali aniqlanadi:
- eng ko‘p "like" to‘plash;
- eng ko‘p ulashish (share);
- eng ko‘p ijobiy sharhlar (positive comments) to‘plash.
Talabgorlar tanlovda ishtirok etish uchun qo‘yilgan barcha shartlarni bajarmagan taqdirda, tanlov ishtirokchisi hisoblanmaydi.
Tanlov g‘oliblari Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin uchun – g‘oliblik sertifikati va COVID-19 koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq karantin davri tugagach, Samarqand va Buxoro shaharlariga bepul sayohat qilish uchun 2 kishilik VIP vaucher;
2-o‘rin uchun – g‘oliblik sertifikati va COVID-19 koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq karantin davri tugagach, Samarqand va Buxoro shaharlariga bepul sayohat qilish uchun 2 kishilik vaucher;
3-o‘rin uchun – g‘oliblik sertifikati va COVID-19 koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq karantin davri tugagach Samarqand va Buxoro shaharlariga bepul sayohat qilish uchun 1 kishilik vaucher.
Tanlov 2020-yilning 1-iyuliga qadar davom etаdi.
Uyda qoling, tanlovimizda ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!
Tashkilotchilar: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi.