“Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi xalqaro hamkorlik bo‘yicha yuqori darajali videokonferensiyada ishtirok etish to‘g‘risida
2020-yil 18-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi xalqaro hamkorlik bo‘yicha “COVID-19 ga qarshi kurashda birdamlik” mavzusidagi yuqori darajali videokonferensiyada ishtirok etadi.
Tadbir chog‘ida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashda ko‘p tomonlama hamkorlik, savdo-iqtisodiy aloqalarni qayta tiklashdagi xalqaro sherikchilik, COVID-19 sharoitida qo‘shma loyihalarni ro‘yobga chiqarish va amaliy hamkorlikning boshqa jihatlarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.