“Xitoy – Markaziy Osiyo” tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchrashuvi to‘g‘risida
2020-yilning 16-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov videokonferensiya shaklida b‘olib o‘tadigan “Xitoy – Markaziy Osiyo” birinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi.
Tadbirda, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Van I, Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin va Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov qatnashadi.
Videokonferensiya chog‘ida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi munosabatlarni mustahkamlashning dolzarb masalalarini hamda iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish mexanizmlarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.