O‘zbekiston xalqaro hamkorligining shartnomaviy-huquqiy bazasini takomillashtirish – e’tibor markazida
Tadbir Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda tashkil etildi.
Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev davra suhbati ochilishida nutq so‘zlab, xalqaro-huquqiy faoliyat sohasidagi ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan tashqi siyosiy idora amalga oshirayotgan ishlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
Ishtirokchilar xalqaro shartnomalar qoidalarini implementatsiya qilish hamda O‘zbekistonning ko‘p tomonlama konvensiya va bitimlar doirasidagi majburiyatlarini bajarish bo‘yicha ishlarning holati yuzasidan fikr almashdilar.
Tashqi siyosiy idoraning Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi, UNIDRUA va YUNSITRAL faoliyatida respublikaning ishtiroki doirasida TDYU bilan joriy hamkorligi ijobiy baholandi.
Davra suhbati yakunida universitet professor-o‘qituvchilarini xalqaro-huquqiy hujjatlarni ilmiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ishlarga, shuningdek, hukumatlararo tashkilot va tuzilmalar doirasida umumiy xalqaro huquq normalarini shakllantirish jarayoniga jalb qilish yuzasidan qator amaliy takliflar ishlab chiqildi.