O'ZBEKISTON FUQAROLARIGA HIZMATLAR
Konsullik bo‘limining faoliyati Turkmanistondagi O'zbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.
Konsullik bo‘limi o‘zininig maqsad va vazifalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi va boshqa xorijiy mamlakatlar fuqarolariga turli xil konsullik masalalarida ko‘maklashadi. Jumladan, bo‘lim konsullik ro‘yxatiga olish va undan chiqarish, pasport rasmiylashtirish va almashtirish, O‘zbekistonga qaytish uchun guvohnomasini rasmiylashtirish, notarial harakatlarni amalga oshirish va hujjatlarni legalizasiya qilish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirish, O‘zbekiston Respublikasidan hujjatlarni so‘rab olish, turli xil ma'lumotnomalar berish kabi konsullik xizmatlarini ko'rsatadi va Turkmaniston fuqarolari va boshqa xorijiy mamlakatlar fuqarolariga vizalar berish bilan shug'ullanadi.
Консуллик йиғимлари АҚШ долларида ундирилади
Тўловлар Ашхобод шаҳридаги Туркманистон Давлат Ташқи Иқтисодий Фаолияти Банки филиали (Ашхабоддаги банк манзили: 10 йил Абаданчилик проспекти 160 аввалги Московская кўчаси), ҳамда вилоятларда жойлашган «Туркменбаши» банки орқали амалга оширилади.
O‘zbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi kontakt ma'lumotlari:
Tel: (12) 36-90-62
Fax: (12) 36-90-57
Эл. почта: embashgabat@yahoo.com
Konsullik bo'limida fuqarolarni qabul qilish kunlari va vaqti:
Dushanbadan jumagacha soat 09.00 dan 13.00 qadar.
O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston milliy bayram kunlari fuqarolar qabuli amalga oshirilmaydi.
Elchixona konsuli: Kamalov Ubaydulla Ismatullaevich
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARI DIQQATIGA!
2020 yil 13 martdagi "O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik to'g'risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan xorijiy davlatlatda doimiy yashashga ruxsat olib, xorijiy davlatda 3 yil davomida konsullik ro‘yhatidan turmagan bo‘lsa, ushbu holat mazkur fuqaroning O'zbekiston fuqaroligini yo‘qotishiga asos bo‘lishi mumkin.